GAZ ALMASHINUVI

GAZ ALMASHINUVInafas olish, fotosintez va b. jarayonlarda gazlarning organizm bilan tashqi muhit oʻrtasida almashinuvi. Organizm nafas xarakatlari vaqtida kislorod olib, karbonat angidrid, moddalar almashinuvining boshqa gazsimon mahsulotlari va suv bugʻini chiqaradi; bu deyarli barcha organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonining zarur holati. Kislorodsiz dissimilyatsiya jarayoni sodir boʻlishi mumkin emas. Shuning uchun organizm isteʼmol qilgan kislorod mikdoriga qarab, unda sodir boʻladigan oksidlanish jarayonining jadalligi va shu bilan birga paydo boʻlayotgan energiya miqdori oʻzgaradi. Uglevodlar, yogʻlar va oqsillar oksidlanganda energiya ajralib chiqadi. Qabul qilinadigan kislorod bilan chiqariladigan karbonat angidrid miqdori organizmning hayot faoliyati sharoitiga, muhit t-rasiga, ovqat tarkibi va b. ga qarab turlicha boʻladi. Organizmning kislorodga extiyoji ortganda gaz yetkazib beruvchi aʼzo va sistemalarning faoliyati boshqacha boʻladi: nafas va qon aylanishi tezlashadi, qonning fizik-kimyoviy xossalari oʻzgaradi. Bir hujayrali organizmlarda Gaz almashinuvi oddiy diffuziya yoʻli bilan kechadi. Odam hamda yuksak hayvonlarda Gaz almashinuvini taʼminlaydigan maxsus aʼzo va sistemalar evolyutsiya jarayonida vujudga kelgan va rivojlangan. Odamdagi Gaz almashinuvi klinikalarda tekshiriladi, bu kasallikni aniqlashda diagnostik ahamiyatga ega. Hayvonlardagi Gaz almashinuvini oʻrganish koʻpgina biologik muammolarni hal qilish imkonini beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x