GARDER BEZI

GARDER BEZI (Glandula nictitans) — quruqlikda yashovchi kupchilik umurtqali hayvonlar koʻzidagi pirpiratuvchi parda bezi. Muguz pardani moylab turadigan yogʻli modda ajratadi. Kupchilik hayvonlarda Garder bezi pastki qovoqning ichida (burun tomonda) kuz burchagida joylashgan. Garder bezi tuproq ichida yashovchi sudralib yuruvchilar (mas, amfisbenlar va kur ilonlar)da yaxshi rivojlangan. Koʻpchilik sut emizuvchilarda, jumladan odamda reduksiyaga uchragan. Bezni birinchi marta Shveysariya anatomi I. Garder bugʻularda tasvirlab bergan (1694).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x