GARAJ

GARAJ (frans. qarer — yopma ostiga joylashtirish) — avtomobillar saqlanadigan va taʼmirlanadigan, ularga texnik xizmat koʻrsatiladigan bino yoki bino va inshootlar majmui. Yer ostida, yer ustida bir qavatli va koʻp qavatli qilib quriladi. Boksli va manej zalli xillari boʻladi. Boksli Garajda avtomobillar turadigan joy bir-biridan sim toʻr b-n ajratiladi, manej zalli Garajda birbiridan ajratilmaydi. Koʻp qavatli Garaj yigʻma temir-beton va oynadan quriladi. Garajda avtomobillar yuqori qavatlarga toʻgʻri yoki aylanma kiya yoʻl (ramp)lardan yurib chiqadi yoki lift yordamida koʻtariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x