FOSFORORGANIK BIRIKMALAR

FOSFORORGANIK BIRIKMALAR — tarkibidagi fosfor atomi uglerod atomiga bevosita yoki geteroatom — kislorod, azot, oltingugurt orqali birikkan organik birikmalar sinfi. Keyingi tipdagi Fosfororganik birikmalar fosfat, pirofosfat, trifosfat kislota efirlari xrlida tabiatda keng tarqalgan (fosfat kislotalar); bularga nuklein kislotalar, koʻpgina muhim kofermentlar, adenozintrifosfat kislota va baʼzi vitaminlar kiradi.

Fosfororganik birikmalar turli belgilariga qarab tasniflanadi. Molekuladagi uglerod — fosfor (S—R) bogi soniga qarab, chunonchi: birlamchi (RPH2), ikkilamchi (R2PH) va uchlamchi (R3P) fosfinlar va ularning turli hosilalari (R — organik qoldiq), fosforning valentlik holatiga koʻra, 3 va 5 valentli fosfor hosilalari bor; fosforning kordinatsion soni 2, 4, 5 va 6 ga teng boʻlgan birikmalari ham maʼlum. Fosfor funksiyasi tasnifiga kura, fosfinlar, fosfin oksidlari (R3PO), sulfidlar (R,PS), iminlar (R3PNR), fosfinometilenlar (R3P=CRʻR»), fosfoniy birikmalari (R4PʻX ), kislorodli kislotalar: fosfonid (RPO2H2), fosfinid (R2POH), fosfonat (RPO3H2), fosfinat (R2PO2H) kislotalar va ularning turli sulfidli va nitritli analoglari hamda hosilalari, shuningdek, gipofosfit N3RO2, fosfit, N3RO, fosfat N3RO4 kislotalar va b. kislotalarning organik hosilalari (efirlar, amidlar, angidridlar va b.) boʻladi. Bundan tashqari, R — R bogli Fosfororganik birikmalar ham bor, mas, di, triva tetrafosfinlar, tegishli siklofosfinlar va ularning hosilalari.

Fosfororganik birikmalar sintezida S—R bogʻini hosil qilish usulining ahamiyati katta. Bunga Arbuzov reaksiyasi: (RO),P+Rʻ X—> >RʻPO(OR)2+RX va MixaelisBekker reaksiyasi: (RO)2PONa +RʻX ^RʻPO (OR)2+NaX va b. reaksiyalar misol boʻladi.

Fosfororganik birikmalar texnikada, q. x. da, tibbiyotda, shuningdek, i. t. ishlarida qoʻllanadi. Fosfororganik pestitsidlar (insektitsidlar, akaritsidlar, defoliantlar, stimulyatorlar va h. k.) koʻplab ishlab chiqariladi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston FA Umumiy va noorganik kimyo in-ti olimlari tomonidan Fosfororganik birikmalar asosida yangi murakkab oʻgʻitlar, defoliantlar va oʻstiruvchi moddalar sintez qilindi. Fosfat kislota b-n monoetanolamin suvdagi eritmasining oʻzaro kimyoviy taʼsiri natijasida olingan yangi modda etanolamin fosfat 2NH2C2H4OHH3PO4 stimulyatori shular jumlasidandir. Fosfororganik birikmalardan tibbiyotda, asosan, oftalmologiyala foydalaniladi. Biologik muhim fosfatlar, mas, adenozintrifosfatlar, kokarboksilaza, bir qator vitaminlar muhim ahamiyatga ega. Fosfororganik birikmalar kompleks hosil qiluvchi moddalar sifatida rudalarni boyitishda (uran va b. metallar i. ch. da) qoʻllanadi. Koʻpgina Fosfororganik birikmalar surkov moylariga qoʻshimchalar, plastmassalar va tolalarning olovbardosh komponentlarM (antipirenlar), erituvchilar, gidravlik suyukliklar va b. sifatida ishlatiladi. Fosfororganik birikmalardan organik sintezda ham keng foydalaniladi. Baʼzi kuchli zaharlovchi moddalar (mas, zarin, zoman, tabun, fosforiltioxolinlar) ham Fosfororganik birikmalarga mansub.

Zikrilla Isaboyev.

2 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x