ESHONOV

ESHONOV Otaboy (1916.15.3 Toshkent — 1990.2.10) — huquqshunos olim, Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1960), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1966), yuridik fanlaridri (1950), prof. (1951). OʻzSSR MIK huzuridagi Sovet qurilishi va huquqi intini tugatgan (1936). Toshkent yuridik in-tida aspirant (1936 — 39), assistent, katta oʻqituvchi (1939 — 43), dotsent (1943— 45), davlat va huquq kafedrasi mudiri (1954—55). Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya (194551), Iqtisodiyot (195 1—52) intlarida boʻlim mudiri, OʻzSSR Ministrlar Soveti fan, madaniyat va maorif boʻlimi mudiri (1953—54), Oʻrta Osiyo untida kafedra mudiri (1955—58). Oʻzbekiston FA Falsafa va huquq intida direktor oʻrinbosari (195859), direktor (195961), sektor mudiri (1961-yildan). Ilmiy va pedagogik faoliyati huquqshunoslik va davlatshunoslikni oʻrganishga bagʻishlangan. Eshonov bir necha darslik va oʻquv qoʻllanmalarining muallifi. Shuningdek, uning bevosita rahbarligida Fayzulla Xoʻjayevning 3 jildli Tanlangan asarlari nashr etilgan (1976 — 80). Eshonov Buxoro xonligining 19-asr oxiri —20-asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tuzilishi, BXSR davlat va huquq tarixini tadqiq qilgan. Buxoro shahridagi koʻchalarning biriga Eshonov nomi berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x