ERGASHEV Bois Hamidovich

ERGASHEV Bois Hamidovich (1921.5.5, Samarqand — 2000.26.6, Toshkent) — 2-jahon urushi qatnashchisi, polkovnik. Samarqand mexanizatsiya texnikumida oʻqigan (1939—1942). 1942-yildan armiya safida. 132gvardiyachi artilleriya polki (ZUkraina fronti 12armiyaning 60gvardiyachi oʻqchi diviziyasi) razvedkachisi, Zaporojye viloyatining Xortitsa qishlogʻi hududida Dnepr daryosini kechib oʻtish uchun boʻlgan janglarda koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1944 yil 22 fev.). Bir necha orden va medallar bilan mukofotlangan. Toshkent huquq intini tugatgan (1952). Davlat va jamoat tashkilotlari (1946—56), respublika ijtimoiy taʼminot vazirligi (1956—68) va davlat xavfsizlik qoʻmitalarida (1968—83) masʼul lavozimlarda ishlagan. 2-jahon urushi mavzuiga doir asarlar muallifi («Shonli jasorat», T., 1984; «Veteranlar — yoshlar murabbiysi», T., 1986 va boshqalar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x