EFFEKTORLAR

EFFEKTORLAR (lot. — yaratuvchi, ijod qiluvchi) — 1) fiziologiyada faoliyati refleks bilan bogʻliq boʻlgan ijrochi organ; organizmning qoʻzgʻatuvchiga nisbatan javob reaksiyasini taʼminlaydi. Effektorlarga muskullar, bezlar, buyrak, elektr va boshqalar organlar kiradi. Odatda, refleks polieffektor xususiyatga ega boʻlib, uning amalga oshirilishida birdaniga bir necha xil Effektorlar qatnashadi. Bu hol refleksning tavsifi va uning biologik mohiyati bilan bogʻliq (mas, jismoniy mehnat qilinganida — muskullar, yurak, qon tomirlari, ichki sekretsiya bezlari va boshqalar organlar faollashadi). Effektorlar ishini refleksning nerv markazlari boshqaradi. Ontogenez va filogenezda markaziy boshqarilish mexanizmi ham takomillashib boradi; 2) biokimyoda — moddalar almashinuvining fermentlarga taʼsir koʻrsatadigan va ular faoliyatini kuchaytiradigan yoki kamaytiradigan mahsulotlari;

3) genetikada — repressor bilan birikib, uning operatorga taʼsirini boshqaradigan quyi molekulali moddalar. Agar Effektorlar repressorga birikkanida repressorning operatorga taʼsiri toʻxtab, operator transkripsiyasi davom etadigan boʻlsa, uni induktor deb ataladi. Agar Effektorlar faol boʻlmagan repressorga birikib, uni operatorga taʼsir koʻrsatadigan va operator transkripsiyasini toʻxtadigan faol shaklga oʻtkazsa, unga korepressor deyiladi (yana q. Repressor).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x