CHUD-PSKOV KOʻLI

CHUD-PSKOV KOʻLI — RF Pskov viloyati va Estoniyadagi kul. Estonlar PeypiYarv koʻli deb atashadi. Bal. 30 m. Jan. dan shim. ga 150 km choʻzilgan. Birbiriga tutashgan 3 ta koʻldan iborat. Chekka jan. da Pskov, oʻrtasida Tyoploye, shim. da Chud koʻllari joylashgan. Umumiy mayd. 3550 km2, oʻrtacha chuq. 7,5 m, eng chuqur joyi 15 m. Shim. va sharqiy qirgʻoqlari past, qum dyunalari, qisman toshloqlardan iborat. Bahorda suvi koʻpayganda sharqiy va shim. qirgʻoklari suv ostida qrladi. Koʻlda mayda orollar bor, yirikroqlari Pirissar va Talabskiy o. lari. Koʻlga Velikaya, Emayiga, Jelcha, Aviyiga, Chyornaya kabi daryolar kuyilib, Narva daryosi oqib chiqadi. Dekabrning oʻrtalaridan muzlab, apr. oxiri — may boshlarida muzdan holi boʻladi. Koʻlning suv satxi bahor oxirlarida, dare suvi koʻpayganda 3 m gacha koʻtarilib, qishda pasayadi. Oʻrtacha suv xajmi 25,2 km3. Ch. P. k. da baliqlarning 22 turi (leshch, plotva, sudak, sig, nalim, choʻrtan va b.) bor. Koʻlda kema qatnaydi, yogʻoch tashiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x