CHJU YUANCHJAN

CHJU YUANCHJAN (1328, Anxoy viloyati — 1398, Nankin) — Xitoy imperatori (1368-y. dan). Min sulolasi asoschisi. Yersiz ijarador oilasida tugʻilgan. Yoshligida Budda rohibi boʻlgan. 1352-y. moʻgʻullarning Yuan sulolasiga qarshi Markaziy Xitoyda qoʻzgʻolon koʻtargan shaharlik boylardan Go Szisin otryadiga kirgan. 1355-y. bu rndagi vatanparvarlar qoʻzgʻolonining bosh rahbariga aylangan. Oʻz hokimiyati ostiga Markaziy, Sharqiy va Jan. Xitoyning katta qismini hamda boshqa qoʻzgʻolonchi rahbarlar qoʻl ostidagi hududlarni birlashtirish yoʻli bilan Chju Yuanchjan 1368-y. yanv. da oʻzini imperator deb eʼlon qilgan. Shu yili uning koʻshinlari Yuan imperiyasi poytaxti Dadu (Pekin) ni egallab, moʻgʻul sulolasini agʻdarib tashlagan . Ch. Yu. podsholigi davrida mamlakat iqtisodiyotini tiklash yoʻlida bir qator islohotlar, avvalo q. x. sohasida amalga oshirilgan. Chju Yuanchjanning ichki siyosati amaldorlarning oʻz mansablarini suiisteʼmol qilishlariga qarshi qaratilgan, shuningdek, yangi suloladan norozi boʻlgan barcha shaxslarga nisbatan qatagʻon siyosati yurgizgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x