CHIGILLAR

CHIGILLAR, Chikil — turkiy qabilalar ittifoqi. 10—11a. larda Issiqkoʻlning shim. sharqida va Tatar rnida yashaganlar. Chigillar Ili daryosi vodiysida, Qashqar yaqinidagi qishloqlarda va istehkomli kichik Chigil sh. (hoz. Avliyoota yaqinida)da yashashgan. Turkman oʻgʻuzlar Amudaryodan Xitoygacha boʻlgan hududlarda yashagan barcha turkiy qavmlarni Chigillar deb atashgan. Chigillar koʻchmanchi hayot kechirib, asosan, chorvalik bilan shugʻullanganlar. Taxm. 900-y. Ch. yagʻmolar bilan birga islom diniga kirishgan. Chigillarning bir qismi xristian boʻlgan. Chigillar Qarluqlar va yagʻmolar bilan birga Horaxoniylar davlatida muxim rol oʻynashgan, xususan, davlat boshqaruv apparati va qoʻshindagi eng muhim mansablarni ular egallagan. 10—11a. boshida Chigillarning astasekin oʻtroqlashuv jarayoni sodir boʻlgan. 11a. ning 1yarmida Chigillarning bir qismi Zarafshon vodiysiga koʻchib kelib, mahalliy . aholi bilan aralashib ketgan. Adu: Bartold V. V., Ocherk istorii Semirechya, Sochineniya, t.2, ch. 1, M., 1963; Shoniyozov K., Uzbekxalkiningshakllanish jarayoni, T., 2001.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x