CHALISH

CHALISHXorazm viloyati Urganch tumanidatsh shaharcha. Amudaryo sohilida. Viloyat markazi (Urganch sh.)dan 8 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Urganch (14 km). Aholisi 5,6 ming kishi (2004). Chalish oʻrni avval Amudaryoning chap sohilidagi toʻqaychakalakzorlardan iborat hudud boʻlgan. 1886-y. da Amudaryo flotiliyasi tashkil topgandan soʻng pristan barpo etilib, yuk tashuvchi qozoklar bu yerda makon tutganlar.

«Chalish» atamasi — qayiq, sollarni eshkaklar yordamida daryodan kechib oʻtkazish joyi (kechuv) maʼnosida. Aholi dare boʻylaridagi toʻqayzorlarda oʻsuvchi yovvoyi kandirdan ip yigirib paloye va poyandozlar toʻqishgan. Shu sababli bu joy Kandirkum, Qoʻpoliq (Qamishzor) deb ham atalgan. 1929-y. gacha bu yerda Qoʻpoliq pristani boʻlgan. 1929-y. bahorida Amudaryo toshib pristanni yuvib ketgan. Keyinchalik uning oʻrnida qurilgan pristan Chalish deb atalgan. Chalish yonida Amudaryo paroxodchiligi suv yoʻlini nazorat qiluvchi texnika uchastkasi va b. tashkilotlar ishlay boshladi. 1940-y. da shaharchada bogʻdorchiliktokchilik xoʻjaligi barpo etildi.

1952-y. gacha Chalish Xorazm viloyatining asosiy transportkema (port) darvozasi hisoblangan. Xoʻjalik yuklari Amudaryo orqali Chorjoʻy (hoz. Turkmanobod) va Orol dengizidan kemalarda tashib keltirilgan. Urganch — Ch. orasida tor izli (motovoz) t. y. da yuk tashilgan. Chalish 1957-y. gacha Qoraqalpogistonning Beruniy tumani tasarrufida boʻlgan, soʻngra Xorazm viloyati Urganch tumani tarkibiga kiritilgan. 1969-y. 13-martda Amudaryo toshib ovul suv ostida qolgan. Toshqin oqibatlari tugatilgach, Chalishda toshqinga qarshi kurashadigan qurilish tashkiloti tuzildi. 1992-y. da Amudaryo ustidan Chalishni Qoraqalpogʻistonning Beruniy sh. bilan bogʻlovchi ponton koʻprigi qurildi. Shaharcha yonida vinobop uzum yetishtiriladigan shirkat xoʻjaligi bor.

Chalishda Amudaryo kemalar qatnovi xavfsizligini taʼminlovchi «Chalish texxizmati» idorasi, viloyat ot sporti maktabi, qurilish tashkiloti va «Jayxun» sanatoriysi joylashgan. 2 umumiy taʼlim maktabi (oʻzbek va qozoq tillarida oʻqitiladigan), madaniyat uyi, kutubxona, vrachlik punkti mavjud. Amudaryo sohilidagi xushmanzara joylarda shaharliklarning dam olish zonalari, dala hovlilari bor.

Ad. Nurjonov K., Koʻhna va Yangi Urganch, Urganch, 1993.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x