Muhammad Yusuf (1954–2001)

Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topdi. Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutida (hozirgi Jahon tillari universiteti) tahsil oldi. Respublika Kitobsevarlar jamiyatida, “Toshkent oqshomi” gazetasida, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida, “Tafakkur” jurnalida, “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida xizmat qildi. Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat … Читать далее

Umida Abduazimova (1953)

Umida Abduazimova 1953 yil 1 iyunda Toshkent shahrida tugʻildi. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1970–1975). Shoira mehnat faoliyatini Oʻzbekiston televideniyesi Adabiy-dramatik koʻrsatuvlar tahririyatida muharrirlikdan boshladi. Soʻngra Respublika vaqtli matbuoti, “Yosh kuch” jurnali, “Maʼrifat” va “Tong yulduzi” gazetalarida turli lavozimlarda xizmat qildi. “Sevilganda” nomli ilk sheʼriy toʻplami 1977 yilda bosildi. Shundan soʻng shoiraning “Ishqli … Читать далее

Mirzo Kenjabek (1956)

Mirzo Kenjabek 1956 yil 20 fevralda Surxondaryo viloyat, Sariosiyo tumanidagi Mehnat qishlogʻida tugʻildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida (1974–1979), Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent Oliy islom institutida (1998–2001) tahsil oldi. Sobiq “Yosh gvardiya”, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotlarida, “Mushtum” jurnalida, Abdulla Qahhor uy-muzeyida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida turli lavozimlarda xizmat qildi. Birinchi … Читать далее

Togʻay Murodning tugʻma isteʼdodi

Qadimiy bir baytda shunday deyiladi:   Hidi yoʻq gulga chaman hayf, Mehri yoʻq dilga badan hayf.   Har bir gulning oʻziga xos hidi va har bir dilning takrorlanmas mehri, ayniqsa, adabiyot uchun qadrlidir. Chunki adabiyot – saralangan badiiylik chamanidir. Inson diliga yoʻl topgan asarlargina bu chamandan oʻrin ola biladi. Kitobxonlar qalbiga “jiz” etib tegmagan, unga … Читать далее

Haynrix Hayne (1797–1856)

Haynrix Hayne (1797.13.12, Dyusseldorf – 1856.17.2, Parij) – nemis shoiri, publitsist, tanqidchi va mutafakkir. Bonn, Gyottingen, Berlin universitetlarida oʻqigan (1819–25). Birinchi sheʼriy toʻplami “Qoʻshiqlar kitobi” (1827) romantizm ruhida yozilgan boʻlib, unda nemislar hayotidagi meshchanlik, xudbinlik qoralanadi. Keyingi “Yoʻl manzaralari” (1826–31) nasriy asarida ham shu yoʻnalishni davom ettirib, inson erki, shaxsini xoʻrlovchi tartiblarga qarshi chiqadi, bu … Читать далее

Kimni etmas bu koʻngil shaydo?

Erkin Vohidov sheʼrlaridan   Poʻlat   U dastavval oybolta boʻldi, Soʻng zambarak boʻlib quyildi. Qilich ham u, miltiq va nagan, U bomba ham boʻlib portlagan. Lekin olgan jahonni faqat Pero boʻlib quyilgach poʻlat.   1959     Yoshlik   Yoshlik! Seni kuylamagan kim, Ertaklaring soʻylamagan kim, Qariganda oʻylamagan kim, Oʻylab yana kuylamagan kim? Bitmoq boʻldim … Читать далее

Xayriddin Sultonov (1956)

Hozirgi zamon oʻzbek nasri taraqqiyotida yozuvchi Xayriddin Sultonov ijodining munosib hissasi, fayzli oʻrni bor. U 1956 yil 18 yanvarda Toshkent viloyati Qibray tumanining Tuzel qishlogʻida dunyoga keldi. 1963–1973 yillarda Parkent qishlogʻidagi 42-maktabni muvaffaqiyatli tugatgach, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1973–1978). Mehnat faoliyatini “Guliston” (1974–1980) jurnalida boshlab, keyin “Yoshlik” (1982–1985) jurnalida, Gʻafur Gʻulom nomidagi … Читать далее

Buyuklik

Men, birorta adib yoki olimnimi, martabali amaldor yoki mashhur jamoat arbobinimi baholashda birovlar azbaroyi sevganidan uni hukmdor darajasigacha koʻtarganini, boshqalar esa xuddi shu shaxsni iblisga chiqarib qoʻyganini va fikrlar bir-biriga toʻgʻri kelmay, osmon bilan yercha farq qilganini koʻrganimda, roʻparamda buyuk zot turganiga amin boʻlaman. Buyuklik sanʼat va maʼrifatdan, har qanday qonun va hukmronlikdan, martabayu mansabdan, … Читать далее

Zamon sinovlariga bardosh berib…

Xoh tor maʼnoda Sharq adabiyoti va tamadduni boʻlsin, xoh keng maʼnoda butun jahon adabiyoti va tamaddunini olaylik, har ikkala sarhadda kechadigan olamshumul jarayonlarni arab adabiyoti yoki tamaddunisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Johiliya zamonida firʼavnlar oʻzlarining zulmga asoslangan siyosat qilichlarini begunoh boshlar uzra qanchalik oʻynatmasinlar, baribir uch va undan ortiq ming yillardan buyon koʻkka boʻy choʻzgan ehromlar … Читать далее

Oʻktam Mirzayor (1956)

Oʻktam Mirzayor 1956 yilning 2 yanvarida Samarqand viloyatining Narpay tumanida tugʻildi. Islom shoir nomidagi 26-oʻrta maktabni aʼlo baholarga bitirib, harbiy xizmatni oʻtab qaytdi (1974–1976). Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida (1974–1982), Hindistondagi Xalqaro ommaviy axborot vositalari institutida (1993–1994) tahsil oldi. “Oʻzbekiston” nashriyotida korrektor, kichik muharrir, muharrir (1977–1983), “Guliston” jurnalida katta muharrir, boʻlim … Читать далее