BUSHUYEV QORAMOL ZOTI

BUSHUYEV QORAMOL ZOTI — suti uchun boqiladigan zot. Oʻzbekistonning Mirzachoʻl (Sirdaryo viloyati) zonasida yetishtirilgan sersut va sermahsul qoramol. Bu zotni yaratishni M. M. Bushuyev jaydari (zebusimon) sigirlarni golland zotining buqasi b-n, soʻngra uni shvis zoti bilan murakkab chatishtirish orqali boshlab bergan (1903—18). Bushuyev qoramol zoti mollarining tusi oq, quloq va tumshuq atrofi qora yoki qizil, sigirlarining vazni 320—432 kg, buqalariniki 700—750 kg, yagʻrinidan oʻlchanganda bal. 114—122 sm, tana uz. 139—159 sm, pocha aylanasi 15—17 sm, 300 kunlik sogʻim davrida 2400 — 2600 kg, ayrimlari 3000 kg gacha sut beradi. Sutyogʻliligi 3,9—4,1%. 1948 — 67 y. larda Oʻzbekiston chorvachilik i. t. in-tida zotni takomillashtirish ishlari davom ettirildi. 1967-y. da Mirzachoʻl zonasi uchun r-nlashtirilgan zot sifatida tasdiqlangan. Sirdaryo, Fargʻona, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari xoʻjaliklarida koʻp boqiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x