BURMACHAP QABRISTONI

BURMACHAP QABRISTONI — koʻchmanchi chorvador qabilalar (hunnular) antik davr yodgorligi (mil. av. 1-a. —mil. 1-a.). Burmachap qishlogʻi (Qirgʻiziston)dan topilgan. Burmachap qabristonini 1944—45 y. larda A. N. Bernshtam tekshirgan. Burmachap mozorlari har xil hajmdagi (kattalarining mayd. 30×30 m, bal. 8 mh kichiklarining mayd. 12×12 m, bal. 0,80 m) tuproq uyumidan iborat. Burmachap qabristonida 5 mozor ochib koʻrilgan. Mozorlardan xurmacha, piyolasimon sopol idish, toʻrt oyokli yogʻoch kursi, temir taqinchoqlar topilgan. Bir mozorda murdaning bilaklaridagi kumush halqa, oyoqlaridagi rangbarang shisha munchoqaar, hatto uning jun va ipakdan toʻqilgan kiyimi parchalari saqlangan. Burmachap qabristoni yodgorliklari Oʻrta Osiyoning antik davriga oid moddiy madaniyatini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x