BOLQON URUSHLARI

BOLQON URUSHLARI — Bolqon ya. o. da 1912—13 y. larda boʻlib oʻtgan ikki urush. Birinchi Bolqon urushi (1912-y. 9 okt. 1913-y. 30 may) Bolqon ittifoqi (Bolgariya, Serbiya, Gretsiya, Chernogoriya) bilan Turkiya oʻrtasidagi urush. London sulh shartnomasi (1913-y. 13-may) ga koʻra, magʻlub Turkiya Istanbul va Sharqiy Frakiyaning bir qismidan boshqa Bolqondagi barcha mulklaridan mahrum boʻlgan.

Ikkinchi Bolqon urushi (1913-y. 29 iyun — 10 avg.) — Bolgariyani Serbiya, Chernogoriya, Gretsiya va ularga qoʻshilgan Ruminiya va Turkiyaga qarshi urushi. Urush Bolgariyaning magʻlubiyati bilan tugadi. Buxarest sulh shart nomasiga (1913-y. avg.) koʻra, Bolgariya Ruminiyaga Jan. Dobruja, Gretsiyaga Makedoniyaning jan. qismini va Gʻarbiy Frakiyaning bir qismini, Serbiyaga Makedoniya shim. kismining deyarli hammasini berishga, Turkiyaga Adrianopol (Adirna) ni qaytarishga majbur boʻldi. Bolqon urushlari xalqaro ziddiyatlarning keskinlashuviga, 1914—18 y. lardagi 1-jahon urushining tezlashuviga yoʻl ochib berdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x