BOʻSTON NEFT KONI

BOʻSTON NEFT KONIAndijon viloyati Xoʻjaobod tumani hududida, Andijon sh. dan 15 km jan. sharqda joylashgan. 1952-y. da ochilgan, 1953-y. da ishga tushirilgan. Neft uyumlari yura, bur, paleogen va neogen yotqiziqlarida joylashgan. Yura davri yotqiziqlarining qalinligi 195 m gacha. Boʻr davri yotqiziqlari (umumiy qalinligi 1445 m gacha) Fargʻona botigʻiga mansub logʻon, kalachi, yalovoch va b. svitalarni oʻz ichiga oladi. Paleogen yotqiziqlari umumiy qalinligi 465 m gacha boʻlgan buxoro, olay, turkiston va b. svitalardan tashkil topgan. Neogen sistemasi (umumiy qalinligi 450 — 750 m) massaget va baktr seriyalaridan tuzilgan. Boʻston neft koni antiklinal strukturada joylashgan. Gʻarb ya sharqda kichik sinklinallar orqali Xoʻjaobod va Jan. Olamushuk strukturalaridan ajralib turadi. Neft uyumi asosan neogen davrining qizgʻish svitasi 3gorizontida, ozroq miqdorda boʻr yotqiziqlarida uchraydi. Neftning s ogʻ. 0,829 dan 0,880 gacha. Tarkibida 88% gacha qatron, 10 % gacha parafin, 42% gacha oltingugurt, 3,3 % gacha asfalten mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x