BIYANXU

BIYANXU (xitoycha Bo Yanxu, Bay Yanxu) (71882) 19-a. 6070-y. larida doʻngon (xueyszu) xalqining Shim. Gʻarbiy Xitoydagi Sin sulolasi zulmiga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni rahbarlaridan biri. Sianfu (Shensi viloyati)da, dehqon oilasida tugʻilgan. 1862-y. dan qoʻzgʻolonda ishtirok etgan va 1868-y. ga kelib uning rahbarlaridan biriga aylangan. Shensi viloyatidan chekinib, Gansu viloyatida 1869—72 y. larda kurash olib borgan. Xitoyning ichki viloyatlarida qoʻzgʻolon magʻlubiyatga uchragach, Biyanxu qolgan kuchlar b-n (1872-y. oxiri — 1873-y. boshlari) Sinszyanga chekinib uygʻurlar bilan hamkorlikda sin qoʻshinlariga qarshi kurashni davom ettirgan. Sinszyandagi qoʻzgʻolon tormor keltirilgach, Biyanxu 5 ming kishilik qoʻshini bilan 1877-y. Rossiya hududiga oʻtib ketgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x