BAZUDIN

BAZUDIN, diazinon — oʻsimliklarni zararkunanda hasharotlardan himoya qilishda ishlatiladigan kimyoviy modda; insektitsid. Oʻsimliklarga oʻsish davrida purkash uchun 60% li emulsiyalanuvchi konsentrat, urugʻlikni ekishdan oldin upalash uchun 40% li hoʻllanadigan kukun, 30% li kukun, ekish paytida solinadigan 5% va 10% li donador preparat holida ishlab chiqariladi. Bugʻdoy, qand lavlagi, beda, makkajoʻxori, sabzavot ekinlari va b. ning soʻruvchi va kemiruvchi zararkunandalari (toʻplamlar, shira, oʻrgimchakkana va b.)ga qarshi qoʻllaniladi. Taʼsiri 45 kundan ortiq saqdanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x