BAXTARAN

BAXTARAN (sobiq Kermonshoh) — Erondagi shahar. Mamlakatning gʻarbida, 1600 m balandlikda, Qorasuv da-ryosi vodiysida joylashgan. Baxtaran ostonining maʼmuriy markazi. Shosse yoʻl orqali Tehron va Bagʻdod sh. lari b-n bogʻlangan. Aholisi 560 ming kishi (1989). Mamlakatning savdotransport markazi. Neftshoh konidan quvurlar orqali keladigan neftni qayta ishlovchi yirik z-d; oziq-ovqat (qand), toʻqimachilik, teri, sement sanoati korxonalari bor. Qoʻlda gilam toʻqiladi, teridan turli buyumlar yasaladi. Un-t, aeroport bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x