BARDI

BARDI, qiyoq (Carex) — hiloldoshlar (bardidoshlar) oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Toʻp-toʻp boʻlib oʻsadi. Poyasi uch qirrali, boʻgʻimsiz. Barglari tasmasimon, tilchasiz, yopiq qinli, qatgiq, chetlari gʻadir-budur. Gullari mayda, rangsiz, ikki yoki bir jinsli, baʼzan ikki uyli boʻlib, roʻvaksimon, soyabonsimon, boshoqsimon murakkab toʻpgul shaklida joylashgan. Mevasi yongʻoqcha. 2 mingga yaqin turi bor, koʻpincha moʻtadil va sovuq iqlimli mamlakatlarda oʻsadi. Mollarga ozuqali qimmati kam. Baʼzi turlari (mas, qumloq B.) dori sifatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x