BAHOUDDIN ibn SHADDOD

BAHOUDDIN ibn SHADDOD (toʻliq ismi: Abulmahosin Yusuf ibn Rofiʼ ibn Shaddod al-Asadiy) (1145 — 1234) — arab tarixchisi, faqihi. Bagʻdodda ay-yubiylar sultoni Salohuddin alAyyubiy (1138 — 91) saroyida avval qoziaskar, keyinchalik Quddusi Sharif hokimi etib tayinlanadi. Sulton Salohuddin vafot etgach, uning oʻgʻli sulton Az-Zo-hir Gʻoziy (1167—1215) uni Halab qozisi etib tayinlaydi. Bahouddin ibn shaddod Sh. oʻzi kurgan «Dor ul-hadis» («Hadis uyi») madrasasida umrining oxiriga qadar mudarrislik qachib, bir qancha asarlar yaratadi. Ulardan eng mashxuri — «Siyrat Salo-xiddin al-Ayyubiy» («Salohuddin al-Ayyubiy sarguzashti») nomli tarixiy asaridir. Bahouddin ibn shaddod Sh. ning fiqhga doyr «Mal-jaʼ al-ahkom inda iltibos al-ahkom» [«Hukmlar chalkash boʻlganda murojaat qilinadigan (toʻgʻri) hukmlar kitobi»], «Daloil al-ahkom» («Hukmlar dalillari») kabi asarlari ham mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x