BADRIDDIN KASHMIRIY

BADRIDDIN KASHMIRIY (toʻliq ismi Badriddin ibn Abdussalom ibn Sayyid Ibrohim al-Husayniy alkashmiriy) (16-a. 2-yarmi) — tarixchi, adib, shoir. 1554-y. Kashmirdan Buxoroga kelgan va Joʻybor xojalaridan Xoja Muhammad Islom va uning vorislari Xoja Saʼd va Xoja Tojiddin Hasanning shaxsiy kotibi boʻlgan. Badriddin Kashmiriy Abdullaxon II ga bagʻishlangan Z«afarnoma» dostoni (1593), koʻplab masnaviy, gʻazallar, shuningdek umumiy tarixning Shayboniyxongacha boʻlgan davrini qamrab olgan «Rasulnoma» asarini yozgan. Badriddin Kashmiriyning bizgacha yetib kelgan tarixiy asarlaridan biri «Ravzat arrizvon va hadiqat algʻilmon» («Rizvon (farishta) bogʻi va gʻilmon boʻstoni») boʻlib, u taxm. 1589—90 y. larda yozilgan. Asar muqaddima, xotima va 7 bobdan (boblar fasllarga ajratilgan) iborat boʻlib, Joʻybor xojalarining hayoti, ularning shayboniy sultonlari bilan olib borgan yozishmalariga bagʻishlangan. Unda Movarounnahrning 16 – a. 2-yarmidagi iqtisodiysiyosiy ahvoli, madaniy hayoti, Buxoro xonligining Eron, Shim. Hindiston, Qashqar, Xorazm, qozoqlar, qirgʻizlar bilan siyosiy aloqalariga oid koʻplab maʼlumotlarni uchratish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x