AYIQ OʻYIN

AYIQ OʻYIN (ayiqbozlik) — xalq tomoshalarining bir turi. Ayiq oʻyin Oʻzbekistonda qadimdan mashhur. 19-a. da Buxoroda Ikrom bobo degan atokush ayiqboz oʻtgan. U bir qora ayiq bilan ikki maymun oʻynatgan. Ayiq oʻz egasining aytganini itoatkorlik bilan bajarib, tomoshabinlarga yengilgina oʻkirar, taʼzim qilar, ayiqboz bilan kurashar, maymunlar b-n quvlashardi. Bundan tashqari, u tannoz ayolning oynaga qarab pardoz qilishi, dangasaning yumalab yotishi, ayolning bola emizishi, kampirning harakatlari kabi kulgili oʻyinlarni bajargan. Shoʻrolar davrida ham anchagacha Ayiq oʻyin davom etib keldi. Mas, asakalik Melivoy Mirsaidovning ayiq oʻynatishi juda maroqli boʻlgan. 50-y. lardan Ayiq oʻyin sirk tomoshasining tarkibiy qismiga aylandi. Keyingi yillarda oʻshlik Sherali polvon Oʻtbosarov (1904—85), xorazmlik Rustam Matjonov (1963), namanganlik Neʼmatjon Mamatovlar (1939) ijodi diqqatga sazovor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x