AYDAR KOʻLI

AYDAR KOʻLI (Haydar koʻli) — Nurota tizma togʻlarining shim. etagidagi koʻl. Shim. qirgʻoqlari Sharqiy Qizilqumga tutashadi. Jizzax va Navoiy viloyatlari hududida. Aydar koʻli oʻrni Shim. Nurota yoni tektonik bukilmasidan iborat. 1969-y. gacha Aydar shoʻrxogi (botigʻi)da mayda shoʻr koʻllar va shoʻrlar (Jalpoqshoʻr) keng tarqalgan edi. 1968—69 y. larda yogʻingarchilikning haddan tashqari koʻp boʻlishi tufayli Sirdaryo oqimining bir qismi (qariyb 21 km3) Chordara suv ombori va Arnasoy orqali Aydar botigʻiga oqizildi, chunki Orol dengiziga oqizish uchun shuncha suv Sirdaryo oʻzaniga sigʻmas edi. Aydar koʻli shu tariqa tashkil topdi. Aydar koʻlining togʻ etagidagi jan. qirgʻoqlari ancha tekis va suv osti yon bagʻirlari nisbatan tikroq, shim. qirgʻoqlari notekis va qiya, orol va yarim orollar mavjud. Aydar koʻlining shim. qismi ancha sayoz, oʻrtacha chuq. 10—12 m, chuqur joylari 26—30 m, ayrim joylarda chuq. 40 m gacha. Aydar koʻli tor yoʻlaklar orqali Tuzkon va Arnasoy koʻllari bilan tutashgan. Aydar koʻli Jizzax viloyatidagi Oqbuloq, Sangzor daryosining Qiyli tashlamasi, Chordara suv ombori va Arnasoyga quyilayotgan Markaziy Mirzachoʻl tashlamasi oqimi hisobiga toʻyinadi. 1994—95 y. larda qish va bahorda Chordara suv omboridan katta hajmda suv kelishi natijasida Arnasoy, Tuzkon va Aydar koʻllarining suv mayd. 184 ming ga dan 320 ming gektarga yetdi. Uz. 159 km, eni 26 km. Suvining minerallashuv darajasi 1 l da qariyb 12—15 g va undan ortiq. Aydar koʻlining qirgʻoqqa yaqin sayoz joylari va orollari atrofi qamish va b. suv oʻsimliklari bilan band. A. k. da zogʻora baliq, laqqa baliq, sudak, tovon baliq, leshch va b. baliq turlari mavjud. Baliq ovlanadi (yiliga oʻrtacha 3 ming t dan ziyod). Qoravoy, saqoqush, chayka, yovvoyi oʻrdak va b. suvda suzuvchi qushlar yashaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x