AXALTAKA OT ZOTI

AXALTAKA OT ZOTI — salt miniladigan qad. ot zotlaridan biri. Xalq seleksiyasida Jan. Turkmanistondagi Axaltaka voxasida yashagan turkmanlarning taka qabilasi yetishtirgan. Axaltaka ot zoti quruq issiq iqlimga moslashgani, nihoyatda chopqirligi bilan ajralib turadi (poygada 1000 m masofani 1 min. 05 sek. da bosib oʻtadi). Axaltaka ot zotining toʻshi tor, sagʻrisi ixcham va choʻzinchoq, oyoqlari nozik, chiroyli, terisi yupqa va taqir. Tusi aksariyat hollarda toʻriq, koʻk va saman tusda boʻladi. Sof zot otlar ichida oʻzining koʻrkamligi va harakatchanligi b-n ajralib turadi. Aygʻirlarining qarchigʻayigacha balandligi 157 sm (ayrim hollarda 160 — 165 sm), koʻkrak qafasi aylanasi 167 sm, toʻpigʻi aylanasi 19 sm. Asosan Turkmaniston va Qozogʻistonda, Rossiya, GFR, AQSHda boqiladi. Axaltaka ot zoti ishtirokida koʻpgina chopqir ot zotlari chiqarilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x