AVSTRIYA-TURKIYA URUSHLARI

AVSTRIYA-TURKIYA URUSHLARI (16-18-a. lar) — Bolqon ya. o. ning shim. qismi va Vengriya qirolligi hududiga egalik qilish uchun olib borilgan urushlar. Turk qoʻshinlari Vena sh. ni qamal qilishi (1529) bilan boshlangan. 1540—47, 1551-62, 1566—68, 1660—64 y. lardagi A.-T. u. natijasida Vengriya qirolligi hududi taqsimlab olindi. 1683—99 va 1716—18 y. lardagi urushda Usmonli turk imperiyasi unga qarshi ittifoqchi davlatlar (Avstriya, Polsha, Venetsiya, 1686-y. dan Rossiya) tomonidan maglub etildi. Turkiya Yevropadagi katta hududlaridan ajraldi. 1737—39 va 1788—90 y. lardagi A.-T. u. (1735-39 va 1787—91 y. lardagi Rossiya-Turkiya urushlari bilan qoʻshilib ketgan) Avstriya uchun muvaffaqiyatsiz tugagan, natijada Turkiya Serbiya va Valaxiyaning bir qismini qaytarib olishga erishgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x