AVARIYADAN QUTQARISH TIZIMI

AVARIYADAN QUTQARISH TIZIMI — kosmik kemani orbitaga olib chiquvchi raketada biror avariya holati yuzaga kelganda kema ekipajini qutqarish uchun qoʻllaniladigan kema bortidagi maxsus apparatlar. Agar shunday holat startda yoki uchish trayektoriyasining boshlangʻich qismida yuz bersa, kosmonavtlar katapulta qilinib, soʻngra parashyutda yerga tushiriladi yoki, zaruriyat boʻlsa, kemani maxsus dvigatel yordamida xavfsizroq masofaga olib borib, soʻngra ular parashyutda yoki kema bilan birgalikda Yerga qoʻndiriladi. Orbitaga chiqish oldida yoki orbitada shunday holat yuzaga kelsa, kema eltuvchi raketadan ajratilib, maxsus dvigatel yordamida tushish orbitasiga oʻtkazilib, atmosferada tormozlanadi, soʻngra qoʻndiriladi. Avariyadan qutqarish tizimi q-t. da avariya holatini qayd qiluvchi va kemaning bundan keyingi bajaradigan barcha zarur amallarini avtomatik ravishda harakatga keltiruvchi apparatlar tizimi boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x