ARMANISTON QOʻY ZOTI

ARMANISTON QOʻY ZOTI — yarim dagʻal junli zot, Armanistondagi «Aragat» naslchilik xoʻjaligida murakkab chatishtirish [(balbas zoti sovligʻi x linkoln zoti qoʻchqori) x balbas zoti sovligʻi] yoʻli bilan yaratilgan. 1984-y. da zot sifatida tasdiqlangan. Qoʻylarning koʻz atrofi va oyoqlarida qora rangli dogʻlar boʻlishi bilan ajralib turadi. Zot mustahkam konstitutsiyali, gavdasi yirik, goʻshtdorlik sifati yuqori, koʻchqorlarining tirik vazni 80—90 kg, sovliqlariniki 50—55 kg, 4—4,5 oylik qoʻzilariniki 28—32 kg. Asosan oq, yarimdagʻal kokil tuzilishidagi yaltiroq jun qoplamiga ega. Qoʻchqorlaridan oʻrtacha 2,5—3,5 kg, sovliqlaridan 1,5 —1,9 kg jun olinadi, jun kokili uz. 16—20 sm, sovliqlarida 14—18 sm, tivit qismining uz. 10—12 sm, toza jun chiqimi 68 — 72%. Qoʻylar sharoitga tez va yaxshi moslashib, laktatsiya davrida 100—120 kg sut beradi, sutining yogʻlilik darajasi 5,9%.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x