ANGLER (ANGEL) QORAMOL ZOTI

ANGLER (ANGEL) QORAMOL ZOTI — suti uchun boqiladigan zot. Zot haqidagi maʼlumotlar 16-a. ga toʻgʻri keladi. Suyagi noziq, tanasi choʻziq, sutdorlik belgilari yaxshi rivojlangan, tusi qizil. Buqalarining tirik vazni 850—1000 kg, sigirlariniki 500—580 kg. Yiliga 4000—4500 kg sut beradi, sutining yogʻligi 4,5—4,6%. Asosan Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida boqiladi. Angler (angel) qoramol zoti qizil daniya zotini u orqali qoʻngʻir latish, qizil eston, qizil litva, qizil dasht zotlarini chiqarishda asos boʻlgan. Ukraina, Rossiya, qisman Oʻzbekistondagi xoʻjaliklarda ham boqiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x