ANDIJON SUV OMBORI

ANDIJON SUV OMBORIAndijon viloyatida Qoradaryoda qurilgan gidrotexnika inshooti. Koʻp yillik rejimda daryo suvini tartibga soladi. Irrigatsiya-energetika maqsadlariga moʻljallangan. Qurilish 1982-y. da nihoyasiga yetdi. Andijon suv ombori bal. 121 m, uzunligi 1040 m boʻlgan betonli katta kontrforeli toʻgʻon qurib hosil qilingan. Suv sigʻimi 1,9 mlrd. m3. Gidrouzel tarkibiga toʻgʻon, suv oʻtkazuvchi inshootlar va GES kiradi. Suv oʻtkazuvchi inshootlar favqulodda tosh-qinda 1700 m3/s gacha suv oʻtkazishga va umumiy suv sarfi 230 m3/s boʻlgan irrigatsiya kanallariga oqizishga moʻljallangan. GES kanallarga tushayotgan suv hisobiga ishlaydi, 192 m3/s suv sarfiga moʻljallangan, quvvati 140 MVt. A. s. o. suvi Fargʻona vodiysida 273 ming ga yaqin maydonning suv taʼminotini yaxshilaydi, qoʻshimcha 35 ming ga yerni sugʻorish imkoniyatini beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x