AMIRQULOV

AMIRQULOV Husan (1940.18.2, Qashqadaryo viloyati, Boyterak qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artisti (1997). Toshkent davlat sanʼat in-tini tugatgach (1963), Surxondaryo (1963—66), Sirdaryo (1966-74), Jizzax (1974-79) teatrlarida ishlagan, 1979-y. dan Qashqadaryo teatrida. Asosiy rollari: Gʻani («Aldangan qiz»), Murod («Parvona»), Ferdinand («Makr va muhabbat»), Alisher Navoiy («Alisher Navoiy»), Aldar koʻsa («Addar koʻsa»), MoʻminOltin devor»), Saʼdiyev («Oʻn uchinchi rais»), Abulfayzxon («Abulfayzxon»), Amir TemurAmir Temur») va b. A. yaratgan obrazlari oʻzining toʻlaqonliligi, ijroda davr nafasini mohirona yetkaza olishi, tarixiy asarlarda yaratgan oʻziga xos, boy sahna chizgilari bilan ajralib turadi. Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti laureati (1993).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x