AKA BUXOR

AKA BUXOR (taxallusi; asl ismi Buxorjon Zokirov) (1894 — Qoʻqon — 1962) — oʻzbek xalq qiziqchisi. 1916-y. dan malakali qiziqchi sifatida taniladi. Qoʻqonlik Mahkam Hofiz truppasi bilan Toshkentga kelib, «Non garovi», «Yurak ogʻrigʻi», «Roʻmolcha oʻynatish» kabi tomoshalar koʻrsatadi. Xalq sozandalari va qiziqchilariga ishboshilik qiladi. Shoʻrolar hokimiyatining dastlabki yillarida Aka Buxor eski qiziqchiliklarni davr va tomoshabinlar talabiga moslaydi: «Hasan-Husan», «Olti bola», «Novvoylik», «Mirobboshi», «Boy bilan xizmatkor», «Chaqqon bola» va b. 40 – y. larda u Shokirjon Toshkanboyev, Usmonjon Nishonboyev, Xakimjon Parpiyev kabi dorbozlar bilan Turkistonning shahar va qishloqlarida tomoshalar koʻrsatadi. Aka Buxor anʼanaviy teatrning barcha janrlarida ijod qilgan. Ijrochi sifatida yuz va koʻz ifodalari, tovush ohanglaridan juda ustalik bilan foydalangan. U kulgili oʻyinlarni ijro etishda, hajviy hikoyalar aytishda, askiyada ham mohir boʻlgan. Tesha qiziq Komilov, Toʻychiqori Rahimov, Gʻofurjon Mamayunusov kabi qiziqchilar Aka Buxorga ergashib ijod qilganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x