AEROSTATIKA

AEROSTATIKA — aeromexanikannng gazlar (ayniqsa, havo)ning muvozanat shartlarini va ularga botirilgan qattiq jismlarga taʼsirini oʻrganuvchi boʻlimi. Gidrostatikaning baʼzi qonunlari Aerostatika uchun ham umumiydir. Suyuqliklardan farqli ravishda gazlar oʻz-oʻzidan cheksiz kengayish va tashqi bosim ostida siqilish xususiyatiga ega. Yer sirtidan yuqorilashgan sari havo zichligi kamaya boradi. Yer sirtida havo zichligi eng koʻp boʻladi. Havo va gaz zichligi koʻtarish kuchiga taʼsir qiladi. T-ra pasayganda va bosim kutarilganda zichlik ortadi va, aksincha, Yer sirtidan yuqorilashgan sari atmosferaning fizik xususiyatlari oʻzgara boradi: havo zichligi kamayadi, t-ra, namlik oʻzgaradi va h. k. Havo bosimi dengiz sathidan boshlab hisoblanadigan balandlikdan yuqori koʻtarilgan sari (havo t-rasi balandlik boʻyicha oʻzgarmasa) koʻrsatkichli (eksponensial) muayyan qonun boʻyicha oʻzgaradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x