ADIB SOBIR TERMIZIY

ADIB SOBIR TERMIZIY (Shohobiddin ibn Ismoil) (1078 — Termiz — 1147) — shoir. Termizda voyaga yetgan. Falakiyot va riyoziyot bilan shugʻullangan. Bir necha yil Arabiston va Xurosonda sayohatda yurgan. 30 yil Xuroson hoki-mi Abulqosim Ali ibn Jaʼfar saroyida, soʻng Marvda saljuqiy hukmdor Sulton Sanjar saroyida xizmat qilgan, adabiy muhit bilan tanishgan. Umar Xayyom, Futuxiy, Marvoziy, Anvariy, Kotibiy, Said Hasan Gʻaznaviy kabi shoir va olimlar b-n muloqotda boʻlgan. Adib Sobir Termiziy ijodida ijtimoiy, taʼlim-tarbiyaviy fikrlar, ilm-fan, odob va axloqni ulugʻlash, ishqmuhabbat va tabiat goʻzalliklarini kuylash asosiy oʻrinni egallagan («Nihoyat haddan oshdi…», «Ilm sharafiga…», «Bahor fasli…», «Garchi olimning…», «Kechamiz tugaru oxir tong otar», «Bir zamon boʻlgayki…» va b.). Tarjiband va ruboiylarining koʻpchiligida hayotiy voqealar aks etgan. Sheʼrlari asosan fors tilida. Sheʼrlari va devonining bir necha qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi. Devoni Eronda (1952) nashr etilgan, unga 109 qasida, 66 gʻazal, 113 qitʼa, 7 tarjiband, 92 ruboiydan iborat 7000 bayt sheʼr kirgan. As: Tanlangan asarlar, T., 1979; Saylanma, T., 1982.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x