ABERDIN-ANGUS QORAMOL ZOTI

ABERDIN-ANGUS QORAMOL ZOTI — Shotlandiyada yetishtirilgan sergoʻsht zot. A.-A. q. z. AQSH, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Argentina va b. mam-lakatlarda boqiladi. Bu zot qora tusli, shoxsiz, tanasi silindrsimon, oyoqlari kalta, baquvvat. Sigirlarining tirik vazni 500—550 kg, buqalariniki 750—800 kg, baʼzan 1000 kg ga boradi. 15—16 oylik axtalangan buqachalari 450—460 kg goʻsht qiladi. Boʻrdoqi qilib soʻyilganda 60% goʻsht beradi. Oʻzbekistonda A.-A. q. z. ni jaydari qoramol zotlari bilan chatishtirish ishlari 60 – y. lardan boshlangan. Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi «Bobotogʻ» hamda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi U. Yusupov nomidagi xoʻjaliklarda mahalliy sharoitlarda bu zot imkoniyatlarini oʻrganish davom ettirilmoqda (1998).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x