ABDURAHMON VALI MAQBARASI

ABDURAHMON VALI MAQBARASI — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (14-a.). Maqbara (18,5×10,8 m) uch gumbazli, tarhi toʻgʻri burchakli. Ziyoratxona va ikki goʻrxonadan iborat. Ziyoratxonaning toʻrt tomoni ravokli. Shim. ravoqda eshik oʻrni bor. Bosh tarzidagi peshtogʻining ikki burchagida tomga chiqiladigan zina, gʻarbiy devorida mehrob bor. Goʻrxona ikki murabba tarhli xona (4,85>ravoq orqali oʻtilgan. Goʻrxonaning birida ikki qator ganch suvoqli katta-kichik sagʻanalar, ikkinchisida xom gʻishtdan qurilgan yirik sagʻana joylashgan. Bu xonalarning tomi dastlab gumbazli boʻlgan. Taʼmir vaqtida tekis tom va sinchli devorlar ishlangan. 1950—86 y. larda oʻrganilgan va taʼmir qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x