ABDULLO MIRZO

ABDULLO MIRZO (1433-1451) — Movarounnahr hukmdori (1450—51). Temuriylardan. Ulugʻbekning ukasi Ibrohim Mirzoning kenja oʻgʻli. Otasi vafotidan soʻng, Fors viloyatiga hokim qilib tayinlangan. Biroq u hali yosh boʻlgani sababli davlat ishlarini onasi Ruqiya begim bilan otabek Shamsuddin Sheroziy boshqargan. 1447-y. amakivachchasi Sulton Muhammad Mirzo Fors viloyatini bosib olgach, Hirotga qochib kelgan. 1448-y. esa amakisi Ulugʻbekning xizmatiga kirib, uning qiziga uylangan. Abdullatifdan keyin Movarounnaxr taxtiga oʻtirgan. Ammo toju taxt daʼvogari Sulton Abu Sayd Mirzoga qarshi jangda halok boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x