ABDULLAYEVA

ABDULLAYEVA Lola (1918.13.4, Toshkent) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Toshkent rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1934 — 38). Olmaotadagi qozoq drama teatrida, soʻng Bishkekdagi teatr rassomlik ktida ishladi. Abdullayeva 1948 — 79 y. larda Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat Davlat musiqali drama va komediya teatri bosh rassomi. Uning «Layli va Majnun», «Oq nilufar», «Bahor», «Togʻ qizi», «Maʼrifat qurbonlari», «Paranji sirlari», «Guli siyoh», «Navoiy», «Xamlet», «Muhabbat qoʻshigʻi» va b. spektakllar uchun tayyorlagan sahna bezaklari va libos eskizlari milliy buyoklarining oʻziga xosligi, shuningdek tomoshabinga asar mazmunini aniq va ravshan qilib yetkazishga yordam berishi b-n diqqatga sazovor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x