ABDULLAYEVA Yayra Umarovna

ABDULLAYEVA Yayra Umarovna (1930.14.8, Andijon) — Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Lizaxonim Petrosovaning qizi. Toshkent sanʼat in-tini tugatgan (1950). Ijodi G. Rahimova rahbarligidagi front konsert brigadasida boshlangan (1945). 1950-y. dan Hamza teatrida. Hafiza (A. Qahhor, «Shohi soʻzana»), Guli (Uygʻun, I. Sulton, «Alisher Navoiy»), Katerina (A. Ostrovskiy, «Momaqaldiroq»), Gulbahor (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Gulnor (Oybek, «Qutlugʻ qon»), Turgʻunoy (I. Sulton, «Nomaʼlum kishi»), Xemnolini (R. Tagor asari asosida, «Gang daryosining qizi») kabi obrazlarida turli toifadagi xotin-qizlar hayoti, ularning qismati, jasorati va olijanobligini mujassamlantirdi. Key (M. Kaoru, «Oʻgʻirlangan umr») obrazi Abdullayeva ijodining choʻqqisi boʻlib, u yapon ayolining mashaqqatli hayot yoʻlini, taqdirini psixologik teranlik va izchillik bilan ochib berdi. Regana (U. Shekspir, «Qirol Lir»), Mariya Styuart (F. Shiller, «Mariya Styuart») obrazlari bilan psixologik va fojiaviy rollar ustasi sifatida tanildi. Abdullayeva ovoz, imoishora, kinoya va b. ifoda vositalaridan ustalik bilan foydalanadi. Nodirabegim (T. Toʻla, «Nodirabegim») obrazi Abdullayeva ijrosida ulugʻvor, olijanob malika va otashin ijodkor sifatida namoyon boʻldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x