ABDULLA TOʻQAY

ABDULLA TOʻQAY (taxallusi; asl ismi Toʻqayev Gabdulla Muhammadgarifovich) (1886.14.4, Qozon gubernyasi Qushlovich qishlogʻi (Archa tumani) — 1913.2.4, Qozon) — tatar shoiri, publitsist. 1902-y. dan sheʼrlar yoza boshlagan. 1905-y. harf teruvchi boʻlib ishlagan. «Fiker» (Fikr) gaz. va «Al-asr al-jadid» («Yangi asr») jur. ga sheʼr, felyeton va publitsistik maqolalar yozib turgan. Abdulla Toʻqay 1907-y. G. Kamolov bilan hamkorlikda «Yashen» satirik jur. chiqaradi. 1910-y. «Yalt-yolt» jur. da ishlaydi. Tatar xalqining ozodlik uchun kurashi «Ozodlik haqida», «Tekinxoʻrlarga», «Dunyo bu», «Ketmaymiz», «Tovush», «Turmush» kabi sheʼrlari, «Mahoraba va davlat dumasi» maqolasi va b. da yorqin aks etgan. Abdulla Toʻqay tatar adabiyotida tanqidiy realizmga, bolalar adabiyotiga asos soldi. Zamonaviy tatar adabiy tilini yaratuvchilardan biri boʻldi. Taraqqiyotga toʻsqinlik qiluvchi eskilik sarqitlariga, mutaassiblikka qarshi kurash, ilgʻor maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ilgari surish shoir ijodining muhim mavzularidir. Abdulla Toʻqay tatar sheʼriyatining gʻoya va mazmunigagina emas, shakli, ifoda vositalariga ham yangiliklarni joriy qildi. Xususan, uning xalq ohanglari va qoʻshiqlariga moslab yozgan sheʼrlarining ruhi Turkistondagi milliy, ijtimoiy uygʻonishga hamohang boʻldi. Abdulla Toʻqay sheʼrlari dastlab 1913-y. da oʻzbek tiliga tarjima qilinib, darsliklarga kiritilgan («Tuvgon til» — Avloniy, «Turkiy guliston», T., 1913 va b.). Tataristonda Abdulla Toʻqay nomidagi respublika davlat mukofoti taʼsis etilgan (1966). Toshkentdagi koʻchalardan biriga Abdulla Toʻqay nomi berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x